SULTON JO‘RA

SULTON JO‘RA

 

(1910-1943)

 

Sulton Jo‘ra 1910-yil 15- yanvarda Buxoroning Shofirkon tumanidagi Qog‘oltom qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi.  Uch-to‘rt yoshligidayoq ota-onasidan judo bo‘lib, qarindosh-urug‘lari tarbiyasida bo‘ldi. So‘ngra boshlang‘ich ta’limni olgach, Buxoro Erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1930-yilda tugatadi. Maktablarda, bilim yurtlarida, shuningdek, Andijon Davlat pedagogika institutida adabiyotdan dars beradi. Ijodi ham shu yillardan boshlangan bo‘lib, uning birinchi she’ri 1927-yilda «Mehnat qo‘ynida» nomi bilan «Yangi yo‘l» jurnalida chop etiladi. So‘ngra  uning «She’rlar» (1933), «Fidokor» (1939), «Moskva» (1941) kabi to‘plamlari, «Kulgi» (1936), «Shodligim» (1939), «Ochiq chehralar» (1939) kabi turkum she’rlari paydo bo‘ladi. She’rlar va to‘plamlarning nomidan ko‘rinib turganidek, ularda shoir zamondoshlari dardi, quvonchi, shodligidan hikoya qiladi.

1941 yil 23 iyun kuni S. Jo‘ra Andijon davlat qo‘mitasiga yuzlanadi va frontga yuborishlarini so‘raydi, lekin rad javobini oladi. Yettinchi murojaatidan so‘nggina qoniqarli javobni oladi. 1942 yil fevral oyida Sulton o‘z xohishi bilan frontga ketadi.

U Qizil nishon 2-gvardiya diviziya pulemyotchisi bo‘lib, Belorussiya frontida xizmat qilgan va harbiy gazetalarda she’rlari ko‘p karra chop etilgan. O‘z yaqinlariga iliq, optimizmga bo‘la maktablar yo‘llagan.

1942 yil SSSR Kommunistik partiyasi a’zoligiga qo‘shiladi.

1943 yil 14 noyabr kuni Belorussiyaning Gomel viloyati Loevsk tumanidagi Borщovka qishlog‘i ozod etilishi bilan shoir qattiq yarador bo‘ladi va Pustaya Gryada qishlog‘ining tibbiyot-sanitariya bataloniga yetkaziladi. Biroq, uni qutqarishga shifokorlar ojizlik qildi. U avvaliga, shu qishloqqa dafn etildi, keyinroq, mayitining qoldiqlari umumiy og‘alar qabristonidan Kozerogi kishlog‘idagi qabristonga ko‘chirib o‘tilgan

Sulton Jo‘ra qator liro-epik dostonlar, ertaklar muallifi sifatida ham kitobxonga tanish. Uning «Qaldirg‘och», «Jannat» kabi ertak-dostonlarida yosh kitobxonning romantik olami ifodalanadi. Shoir «Zangori gilam» she’riy ertagida folklor motivlaridan keng foydalanish orqali yoshlarning ichki olamini, sir-asrorini ochib beradi. «Karim va Qunduz» dostonida mehnat va uning gashti, rohati haqida so‘zlaydi.

Shoirning «Bruno» dostoni uning ijodida muhim bosqichdir. Unda Jordano Brunoning o‘lmas obrazi gavdalantirilgan.

Sulton Jo‘ra bolalar uchun bir talay asarlar yaratgan. «Harflar paradi», «Tinish belgilarining majlisi», «Yolg‘onchi», «Cho‘ntak», «Oy nechta», «Sog‘inchli salom» kabi asarlari bolalar adabiyotining eng yaxshi namunalaridir.

Urush yillarida Sulton Jo‘ra ijodi yangi bosqichga ko‘tarildi. U o‘zining «Pulemyotchi ovozi», «To‘pchi Muhammad», «Nayzamiz» va «Chavandoz» kabi qator she’rlarida vatanparvarlik g‘oyalarini baralla kuyladi.

Shoir bu yillarda urush mavzuida o‘zining «Iroda» dramasini ham yaratdi. Uning urush mavzuida yaratilgan asarlari orasida «Sog‘inchli salom» she’ri alohida ahamiyatga molik. Unda ota-ona, yor va birodar, yigit va qiz, qavm-qarindosh firoqiga sabab bo‘lgan urushga la’natlar yog‘diradi.

Jamoat faoliyati bilan ko‘p shug‘ullanardi, u davlat kengashi deputati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘lgan.

 

She`rlaridan namunalar

 

TINISH BELGILARINING MAJLISI

 

Besh-oltita tinish belgi kelib bugun,

O‘tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig‘in.

Rais bo‘ldi undov belgi — mirzaterak,

Dedi: — Har kim o‘z rolini aytmoq kerak.

Tushuntiring nedur sizning vazifangiz?

So‘z vaqtini ko‘proq beray oz desangiz.

O‘z joyida ishlatmasdan Turg‘un, G‘ani,

Balki sizni xafa qilgan? So‘zlang, qani.

Birinchi so‘z nuqtavoyga — U bosh, katta, —

Nuqta chiqdi bir dumalab misli koptok:

— Fikrlarning bekatiman — Nuqtadirman,

Har darak gap oxirida to‘xtaydirman.

Boshqa fikr boshlanajak mendan keyin,

Ba’zan quloq solmasalar men ne deyin?

Paravozlar suv olgandek bekatlardan,

Menga yetgach, olmoq kerak to‘liq bir dam.

O‘zimdan so‘ng qo‘ymoq zarur zo‘r bosh harf,

Biroq ba’zan unutadi bizni Zarif.

Har bir bosh harf yonimdagi bir soqchidir,

Qaysi bola buni qo‘ysa zap yaxshidir.

Gapim tamom, bundan bo‘lak menda ne bor?

O‘ylaymanki, so‘zim qolmas bee’tibor.

— Endi sizga gap navbati, o‘rtoq „So‘roq“, —

Ana, chiqdi so‘roq belgi, misli o‘roq.

U qoqilib ketmay qoldi arang qulab,

Yo bu belgi yoki zirak taqqan quloq.

— Sen singari rolim aytsam, nuqta, do‘stim,

Har so‘roq gap bitgan joyda mening postim.

Mendan so‘ng ham katta harf qo‘ymoq shartdir,

Bunga odat qilinmasa, yomon darddir.

Uqdingizmi? Yetadimi? Bormi savol?

Yoki o‘zim so‘rayinmi sizdan savol?

Undov novcha o‘zi oldi so‘z galini,

Mixday turib bayon qildi o‘z holini:

— Mazmunidan undov, sevinch, nafrat, g‘azab,

Yo hayajon ma’nosini anglatsa gap,

Shunday jumla adog‘ida bo‘lar joyim,

Mendan so‘ng ham bosh harflar kelar doim.

Eh... Naqadar soz bu kungi yigilishimiz!

Bu yaxshi ish, har choq shunday yigilishingiz!

— O‘rtoq rais, endi menga navbat bering, —

Deb so‘z oldi kichik to‘qmoq — bizning vergul.

O‘rnim tengdosh boiaklarning orasida,

Fikrlarning „razyezdi“ men: menda birpas

Olib o‘tar har o‘quvchi yarim nafas.

Undalma so‘z kelib qolsa gap boshida

Undan keyin men turaman yonboshida.

Gar undalma gapda kelsa qoq o‘rtada,

Uning ikki yonboshida men jo‘rttaga:

„Qani, endi, undalmaxon, qochib boq-chi“ —

Deb bo‘lurman, yubormayin unga soqchi.

Gar undalma gap so‘ngida kelsa, u choq,

Undan oldin qo‘yilurman, tushun, o‘rtoq!

Sirkdagi qiziqchidek qo‘shtimoqlar

Bir mahalda kulib chiqdi xushdimog‘lar:

— Korxonalar, xo‘jaliklar, gazeta, jurnal —

Hokazoga ot qo‘yilgan bo‘lsa darhol

Uni qurshab oladirmiz ikki yondan...

Ko‘chirma gap ketolmaydi bizdan qochib,

Uni doim olamiz keng quchoq ochib.

Mana rais „Vaqt tamom, to‘xtatingiz“, —

Deb qoldi-ku. Mayli, endi yo‘q gapimiz.

Eng oxirda shoshib-pishib, nari-beri

Jindakkina sayrab qoldi gugurt-tire:

— Dialogda mening eng ko‘p turar joyim.

Yana ma’no takrorlansa, men bor doim.

Goho bir so‘z sig‘may qolsa to‘lib xatga,

Ayamasdan bo‘g‘inidan qirqib hatto

Qolganini ko‘chirarman bo‘lak yo‘lga,

Biroq shartim — so‘z qolmasin o‘lda-jo‘lda.

— Ko‘p cho‘zdingiz, anglaysizmi, o‘rtoq, tire?

— Mayli bitdi, qaror bo‘lsa o‘qib bering.

Shunda rais dedi: — Endi majlis yopiq!

Har bir vakil jo‘nab ketdi yo‘lin topib.

 

 

OY NECHTA

 

I

 

Yulduz, Qunduz, singil va opa

Boshladilar katta tortishuv.

Yulduz dedi: — Oy bitta faqat

Qunduz dedi: — Yo‘q, ikkita-ku!

— Kech bo‘lsin-chi, ko‘ramiz, qani,

Kimning gapi rostga chiqarkan?

— Yulduz bo‘lsang oyni ko‘rgani

Undan ilgariroq chiqarsan?..

 

II

 

Ana keldi kutgan kecha ham,

Yonib chiqdi qizil shirmon oy.

Chopib ketdi Yulduz ko‘chaga,

Qunduz dedi: — Hovlidan boqay.

Ikkovi ham ko‘rarkan oyni,

Bir-biridan olishdi darak:

— Unda bormi?

— Ha, bittasi bor.

Qaysisining oyi kattaroq?

Ishonmadi biri-biriga

Va dedilar:

— Oy nechta, oyi?

— Yoting endi.

Faqat bitta osmonning oyi!

Katta boigach, aylanaylarim,

Oyning o‘zin minib ko‘rarsiz.

— O‘shanda-chi, oyijon, bizga

Katta shoti olib berarsiz?

 

III

 

Men ham shunday bolaligimda

Oyni ikkita deb yurardim.

O‘sha paytim tushib esimga

Shu she’rni yozib yubordim.



SULTON JO‘RA Adibimizga tegishli asarlarimiz

SULTON JO‘RA HAYOTI VA IJOD YO‘LI

SULTON JO‘RA HAYOTI VA IJOD YO‘LI MAQOLA

Ассалом, навқирон авлод

Охунжон Сафаров

E’TIQOD – HAYOTINING MAZMUNI EDI

Oxunjon Safarov, filologiya fanlari doktori, professor

Учқур поезд (Султон Жўра ҳақидаги асар)

Учқур поезд (Султон Жўра ҳақидаги асар)