Tadqiqot

HUVAYDO DEVONLARINING BUXORO NUSXALARI HAQIDA

None

HUVAYDO DEVONLARINING BUXORO NUSXALARI HAQIDA

Zaripova Dilfuza Baxtiyorovna Ichki ishlar vazirligi Buxoro akademik litseyi Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Annotatsiya Ushbu maqolada Huvaydo devonlarining Buxoro nusxalari haqida ma’lumot berilgan. “Huvaydo Chimyoniy” nomli Buxoro toshbosma nusxasining holati va undagi janrlar to‘g‘risida fikr yuritiladi. Devondagi she’rlariga nazar solinsa, ular tasavvufona, Ollohga hamd, payg‘ambarlarga na’t va insoniyat uchun foydali bo‘lgan didaktik g‘oyalarni ijodiy merosida davom ettirganligini ko‘rish mumkin. Uning tariqat yo‘lini tutishdan maqsadi, jannat umidi emas, balki izchil so‘fiylardek Olloh diydoriga vosil bo‘lish edi. Maqolada adib devonlari va ijodining mavzu doirasi ochib berilgan.

Xo‘janazar G‘oyibnazar o‘g‘li Huvaydo (1704-1780) XVIII asr o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, mutasavvuf shoirdir. U o‘zbek mumtoz adabiyotida Ahmad Yassaviy, Boborahim Mashrab, So‘fi Olloyorlar yo‘lidan borib, she’rlarida ilohiy ishq, oliyjanob insoniy fazilatlarni ulug‘ladi, ma’naviy kamolotga erishishda diniy qadriyatlarning katta ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidladi. Shoir inson xulq-atvoridagi diyonatsizlik, iymonsizlik, yolg‘onchilik, xasislik, molparastlik, birovlar haqiga xiyonat qilish, nopoklik singari illatlarni keskin qoralaydi. Huvaydo she’rlari vafotidan so‘ng nevaralari tomonidan devon holiga keltirilgan. Shoirning chevarasi Salohiddin Soqib va Mirza Hakim Marg‘iloniylar tartib etgan Huvaydo devoni boshqa mualliflar tuzgan devonlarga nisbatan mukammalroq sanaladi. Bu devon “Kitobi eshon Huvaydoyi Chmyoniy” deb nomlangan. Bu devonga shoirning 351 g‘azali 28 ruboiysi, 41 to‘rtligi, 3 muxammasi, 1 musaddasi va 3 masnaviysi kiritilgan1. Ammo professor I.Abdullayev va dotsent Q.Ro‘zimatzoda nashrga tayyorlagan Huvaydo devonida Salohiddin Soqib tomonidan tartiblangan va Muhammad Kotib ko‘chirgan hamda 1907-yilda chop etilgan devonda shoirning 374 g‘azali, 100 dan ortiq murabba’ va ruboiysi, 3 ta muxammasi, 1 musaddasi, 1 musammani hamda 2 mustazodi jamlangan”2. Biz tadqiqotimizda Buxoro davlat muzey-qo‘riqxona “Qo‘lyozmalar” fondida saqlanayotgan Huvaydo devonlari va ularning tuzilishi haqida fikr yuritamiz: Huvaydo devoni (12307/11) ىناويد اديوه Muallif: G‘oyibnazar o‘g‘li Huvaydo Xattot: noma’lum Ko‘chirilgan sanasi: 1319-hijriy/1901-y Ko‘chirilgan joyi: ma’lum emas Xati: nasta’liq. Qora siyohda ko‘chirilgan. Tili: o‘zbek tilida. چ O‘lchami: 14,5x25 sm Varag‘i: 80 Holati: kitob qoniqarli holatda. Ushbu qo‘lyozma nusxa basmaladan so‘ng quyidagi jumlalar bilan boshlangan: رلا تملاع كولروت هچن ريد هسلوب ىن تمايق ميك شيمليك قادنا هدربخ ىنمك ...سمتي ىلقع يه هغيدح گ نينا ميك رولوب اد يپ Tabdili: Xabarda andoq kelmish kim, qiyomatni bo‘lsa der necha turluk alomatlar paydo bo‘lurkim, aning haddig‘a hech kimni aqli yetmas... Devon quyidagi jumlalar bilan yakunlangan: ىتوا داقتنا ميك اديوه گنوزوس ىنيس رود تجاح هن كملزوس گنيلمع قوي ىنگنزوا Tabdili: O‘zingni yo‘q amaling so‘zlamak na hojatdur seni so‘zung Huvaydo kim, intiqod o‘tti... Kitobning oxiridagi matnlar xiralashgan holatga kelgan. Muqovaning old va orqa tomonida kichik hajmda ikkitadan jami to‘rtta yozuvli mavjud bo‘lib, unda: ىراق لمع فاحص هجاوخ الله اطع (Amali Qori Atoulloh xo‘ja sahhof) yozilgan. Shuningdek, muqovasi kartondan bo‘lib, qoramtir yashil rangda. Keyingi qo‘lyozma haqida ma’lumot beramiz: Majmua ةعومج 10796/11 quyidagi qismlardan iborat bo‘lib, uning birinchi qismida besh vaqt namoz niyatlari, sano duosi, janoza duosi, azon duosi, nikoh xutbasi va Mashrab g‘azallari o‘rin olgan. Majmuaning birinchi qismi 12 varaqdan iborat. Ikkinchi qism 13-betdan boshlangan va 88 varaqdan iborat. Uchinchi qismida jami 10 varaq bo‘lib, unda Qur’oni karim sura-oyatlari, duolar, istig‘for, namozdan keyin o‘qiladigan duolar, Hazrati Alining munojotlari va “Rivoyati Larza” kabilar o‘rin egallagan. Xattot: noma’lum xattot Xat turi: nasta’liq. Qora siyohda ko‘chirilgan. Tili: o‘zbek. Ba’zi matnlarda forsiy jumlalar ham ko‘zga tashlanadi. Ko‘chirilgan sana: taxminan XIX asr Ko‘chirilgan joyi: mavjud emas. O‘lchami: 15x24,5 sm Varag‘i: 193 Majmua quyidagi jumlalar bilan boshlangan: ادتقا هبعك ةهج نم هلبق هلبقب مدر الله ىلاعت لله اصلاخ هداتسا رضاح مامإب مدرك وا یور تسا نم رب کيتقو رگ د ز ربكا Majmua quyidagi jumlalar bilan yakunlangan: امن ضرف تعکر راهچ مراذگ راهچ ب مدرك تين ......تسا بجاو كي تسيب زامن رد تشه بجاو كرت ببسب درفنم رب و ماما رب درك وهس هدجس مهد تمت تمت..... كرت ببسيب وهس هدجس دوشيمن بجاو رگم لوا مسق زا تروص عيمج رد وريخا مسق زا لوا تمت تمت Holati: ta’mirtalab. Muqova va ichki varaqlarning pastki qismidan 4x5sm hajmi zarar ko‘rgan. Shuningdek, boshqa qo‘lyozmalarda uchraydigan varaqlarning kirlanishi, qora, sariq dog‘lar, matndagi siyohlarning yoyilishi kabi nuqsonlar ham ko‘zga tashlanadi. Kitobning muqovasi kartondan tayyorlangan bo‘lib, sarg‘ish, yashil rangda. Ikki muqovani birlashtirib turuvchi qismi charmdan, to‘q qizil rangda bo‘lib, pastki qismi nuqsonli. Ikki tomon muqovada نيدلارون Nuruddin) yozuvi o‘yib yozilgan.

Majmua ةعومج Ushbu majmua (26882/11) bir necha qismlardan iborat. Majmuaning birinchi qismida Islom huquqshunosligi va shar’iy masalalarni o‘z ichiga olgan asar o‘rin olgan3. Uning birinchi qismi 1-betdan boshlanib, 357-betgacha davom etgan. Fors tilida yozilgan. Majmuaning ikkinchi qismida “Xo‘janazar G‘oyibnazar o‘g‘li Huvaydoning لد تحار “Rohati dil” asari o‘rin olgan. Majmuaning ushbu qismi 358-betdan boshlanib, 418-betgacha davom etgan. O‘zbek tilida yozilgan. Majmuaning uchinchi qismida Sayqaliyning هباحص متحا (Ahtam sahoba) qissasi o‘rin olgan. Ushbu qism 419-betdan boshlanib, 458-betgacha davom etgan bo‘lib, o‘zbek tilida yozilgan. Majmuaning oxirgi 459a. varag‘idan 461a varag‘igacha uch varaqda inson tanasidagi kasalliklarni bartaraf etishda qo‘llaniladigan tibbiy maslahatlar, o‘simliklarning tibbiy xususiyatlari haqida, e’tiqod, ibodat boshqa mavzularda, Qur’oni karim suralari, oyatlarining soni nechta va qayerlarda nozil bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan. Xattot: mavjud emas Xat turi: nasta’liq. Qora siyohda ko‘chirilgan. Tili: o‘zbek. Ba’zi matnlarda forsiy jumlalar ham ko‘zga tashlanadi. Ko‘chirilgan sana: XIX asr Ko‘chirilgan joyi: mavjud emas. O‘lchami: 14x26 sm Varag‘i: 497 Majmuaning avvalgi qismi quyidagi jumlalar bilan boshlangan: دش شتعاط جارعم دعب ... دوخ ميرك لوسر دوش راك درك برق ... شيپ Majmua quyidagi jumlalar bilan yakunlangan: لصا يا يغلوب ىشخي هسترات همروس ليب هسقا وس نيديزوك ىشيك ره قا هكاي نوسترات ىن ىتوا ناقشوات وا وخ كين هنيزوك هسلاس Holati: qoniqarli. Ushbu qo‘lyozma nusxaning ba’zi varaqlarida yog‘li dog‘lar, kirlanishlar, matndagi siyohlarning yoyilishi, kitob varaqlarining to‘pidan ajralishi kabi nuqsonlari ko‘zga tashlanadi. Kitobning muqovasi kartondan tayyorlangan. Kitobga ikkita har xil muqova yelimlangan. Old va orqa muqovasi ikki xil bo‘lib, old tomon rangi sariq aralash yashil rangda. Uning hajmi 1,5x2,5 sm. Orqa tomon muqovaning rangi esa jigar aralash yashil rangda bo‘lib, 3x4sm hajmda. " Old tomon muqovasida مودخم قازرلا ُ دبع ازريم لمع" (Amali Mirzo Abdur Razzoq Maxdum) deb yozilgan bo‘lsa, orqa muqovasida "فاحص ىسيع دمحم لام" Mullo Muhammad Iso Sahhof) deb o‘yib yozilgan. Ikki muqovani birlashtiruvchi charm qismi ustidan mato yelimlangan. Muqova kirlangan, old tomon muqova yuzasining ranglari o‘chgan, xastalangan, yuqori burchagida va pastki qismida yemirilish nuqsonini ham kuzatish mumkin. “Huvaydo Chimyoniy” nomli devon Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot kutubxona markazi “Sharq qo‘lyozmalari” fondida saqlanadi. Devon №163 inventar raqam ostida saqlanadi. Muallif: Huvaydo Chimyoniy. Toshkentda “Ravnaq” matbaasida chop etilgan. O‘zbek tilida yozilgan bo‘lib, 120 sahifadan iborat. Oxirgi betida islom huquqshunosligiga doir masala berilgan. Ushbu toshbosma nusxa 1900-yilda chop etilgan. “Huvaydo Chimyoniy” nomli Buxoro toshbosma nusxasining birinchi g‘azali “Bismillohir rohmanir rohiym” oyati bilan boshlangan. Ma’lumki, Qur’ondagi ilk sura “Fotiha” surasining birinchi oyati xuddi shu jumlalar bilan boshlanadi. Shoir ilk g‘azalida Ollohga hamd va uning rasuli Muhammad (s.a.v)ga salovatlar keltirgan. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga chin dildan ummat bo‘lishini, “ummatim” deyishlarini istagan. 1907-yili Toshkentda shoirning “Kitobi eshon Huvaydoyi Chimyoniy” nomi bilan toshbosma devoni bosilgan. Mazkur devoni qayta-qayta ko‘chirilgan bo‘lib, birgina O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida yettita qo‘lyozmasi va “Rohati dil” asarining 12 ta toshbosma nusxasi saqlanmoqda. Huvaydo o‘z she’rlarida, asosan, Qur’on oyatlari, hadislar va tasavvufiy g‘oyalarni singdirgan. Bu esa o‘sha davr ilm ahli uchun qo‘llanma vazifasini o‘tagan, deyish mumkin. Chunki diniy maktab va madrasalarda Qur’oni Karim, Hadisi sharif bilan birgalikda diniy-tasavvufiy mavzudagi g‘azallar ham o‘qitilgan. “Huvaydo Chimyoniy” nomli Buxoro toshbosma nusxasidagi hamd g‘azaldan so‘ng munojot−g‘azal toshbosmaning 13-sahifasida berilgan. 2005-yil Toshkentdagi “Yangi asr avlodi” nashriyotidan chiqarilgan Xojanazar Huvaydo “Devon”i hamda 2017-yilda qayta chop etilgan shu kitobning ikkinchi to‘ldirilgan nashri bilan “Huvaydoyi Chimyoniy” toshbosmasidagi she’rlar o‘zaro taqqoslanganda bir munojot-g‘azal va bir tasdis musaddas nashrlarda yo‘qligi aniqlanganligi haqida Z.Amonova va M.Olimova o‘z maqolasida ta’kidlaydi4. Mazkur musaddas Alisher Navoiyning “Shabiston ichra kirgach, shamlarning nurin etting gum”, deb boshlanuvchi g‘azaliga nazira shaklida yozilgan.”5 Shoirning 1961-yili “O‘zSSR davlat badiiy adabiyot” nashriyotidan (V.Zohidov va S.G‘aniyeva nashrga tayyorlagan) ”Huvaydo.Tanlangan she’rlar” kitobida bir nechta g‘azallar bilan birga bitta musaddas va bitta musamman kiritilgan. “Huvaydo Chimyoniy” nomli devon Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot kutubxona markazi “Sharq qo‘lyozmalari” fondida, Devon №163 inventar raqam ostida saqlanadi. Muallif: Huvaydo Chimyoniy. Toshkentda “Ravnaq” matbaasida chop etilgan. O‘zbek tilida yozilgan bo‘lib, 120 sahifadan iborat. Biz ushbu “Huvaydo Chimyoniy”ni Buxoro toshbosma nusxasi deb nomladik. (ta’kid bizniki). Ushbu devonning lotin yozuvidagigi tabdilini yaratdik. Endi ushbu devon haqida to‘xtalsak. “Huvaydoyi Chimyoniy” devonida jami 208 ta g‘azal va 1 ta tasdis musaddas, 1ta muxammas berilgan. Ushbu g‘azallarning ba’zisida baytlar tushirib qoldirilgan. Biz devon tabdilini tayyorlayotganimizda Qodirqul Ro‘zimatzoda tomonidan nashrga tayyorlangan Huvaydo devonining 2017-yildagi nashri bilan taqqosladik. Toshbosma nusxada quyidagi imloviy va texnik nuqsonlar mavjud: ayrim so‘zlar xato yozilgan, ba’zi o‘rinda baytlarning o‘rni almashgan, 1-g‘azalda 4 bayt tushib qolgan, 2-g‘azalning matla’si tushib qolgan. 14-g‘azalning 5-bayti tushib qolgan. 20-“Yo rab” radifli g‘azal nashriy kitobda berilmagan. 37-g‘azalning 5 bayti, 78 g‘azalning 3 bayti, 85-g‘azalning 1 bayti tushib qolgan. Mazkur xatolar qayd etib qo‘yildi. Huvaydo she’riyatining mavzular ko‘lami keng. U g‘azaliyotning an’anaviy mavzularidan tashqari bir qator yangi mavzularga ham qo‘l urdi va shu asnoda tarixiy voqea-hodisalarni she’riyatda aks ettirdi. Biografik asosga ega she’rlar shoir shaxsi bilan bog‘liq hayotiy voqea-hodisalar ta’sirida yaratilgan. Ishqiy g‘azallarga ijtimoiy ohanglar singdirilgan g‘azallar bilan birga axloqiy-ta’limiy, tarixiy-siyosiy masalalar ham yoritilgan she’rlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. So‘z qadri, badiiy ijod mohiyati bilan bog‘liq masalalar ham tilga olingan g‘azallarda Huvaydoning adabiy-estetik qarashlari ma’lum darajada aks etgan. Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati:

1.“Huvaydo Chimyoniy”. (Buxoro toshbosma nusxa).

2. G‘afforova Z. Navoiyning hamd va na’t g‘azallari. –T.:”Ma’naviyat”, 2001. –B.8.

3. Huvaydo. Devon. (Nashrga tayyorlovchi: Q.Ro‘zimatzoda). –T.: Yangi asr avlodi, 2017. –B.9.

4. Navoiy Alisher. Mukammal asarlar to‘plami. 20 tomlik. 11-tom. Saddi Iskandariy. – T.: Fan, 1993.

5. A’zamov A.Munojotnoma. Alisher Navoiyning “Munojot” asariga sharhlar. Namangan:1997. –B. 105.

6. Zaripova, D. (2023). Khojanazar huvaido is a major representative of uzbek classical literature. science and innovation, 2(b1), 124-126.

📚 Yuklab olish 📖