QAHRAMON RAJABOV, ERGASH OCHILOVlar qalamiga mansub
Qadmmiy qadriyatlarga, shonli tarixga, mumtoz merosga munosabatning ijobiy tomonga o‘zgarib, bu borada xolis nuqtai
nazarning qaror topishi tufayli keyingi yillarda ilgari
turli sabab-bahonalar bilan qoralangan, sinfiy va siyosiy
tamg‘a bosilgan milliy ma’naviyatimizning ko‘plab darg‘alari
nomi oqlandi, ularning hayoti va ijodi o‘rganilib, asarlari xalqqa yetkazildi. Hukmdor tabaqa vakili sifatida sho‘ro
mafkurasining sinfiy qolipiga tushmay, qora chiziq ortida qolganlardan biri yirik davlat arbobi va zabardast shoir
Abdulgozi Ubaydullo Bahodirxon (Ubaydo‘llaxon) hisoblanadi.
O‘zining serqirra faoliyati bilan XVI asr ijtimoiy-siyosiy
va adabiy-madaniy hayotida katta rol o‘ynagan bu ulug‘ zot
o‘zbek xalqining buyuk siymolari qatoridan o‘rin olishga har
jihatdan munosibdir.
Risolada bu betakror shaxsning mohir siyosatchi, harb san’ati ustasi, muhaqqiq olim va noziktab’ shoir, ilmu madaniyat
homiysi sifatidagi o‘ziga xos qiyofasini yaxlit holda gavdalantirishga harakat qildik. Maqsadimiz - xalqimiz tarixida ulkan mavqe egallagan ulug‘ ajdodlarimizdan birini keng
o‘quvchilar ommasiga yaqindan tanishtirish.