G'azallar

Mujrim Obid g'azallari

G'azallar

G‘AZALLAR

Zamona har kima bir tarz ro‘zgor qilur.
Biravni vosili davlat, biravni xor qilur.

Biravni qo‘lig‘a berur madori mulki jahon,
Biravni to dam o‘tguncha bemador qilur.

Biravni g‘am bila, qayg‘u bilan ado aylar,
Biravni ishrati olamg‘a poyidor qilurasokashga intizor qilur.

Biravga siymu zar behisob ro‘zi etar,
Biravni bir pul uchun yo‘l yuzida zor qilur.

Visol birla yil o‘tsa zamoncha ko‘rinmas,
Biror zamongina hijronni yil shumor qilur.

Falakdin har nechakim dardu g‘am nuzul aylar,
Yurogim ichra kelib, jo tutub diyor qilur...

Biravni ko‘nglida kibru g‘urur, zavqu huzur,
Biravni ko‘yi g‘ariblikda xoksor qilur.

Ko‘ngulki jazbai ishq o‘qiga nishona erur,
Chu dard teksa qachon bir zamon qaror qilur

📚 Yuklab olish 📖