masnaviy
MASNAVIY Arzi ahvoli bu faqiru hazin, Bajanobi muhibbi ibrat bin.
Ya’ni men bor edim muhaqqari dun, Xoksori kam e’tibori zabun.
Davlati volidayni pushtu panoh, Ham yigitlik g‘ururi hodiyi roh.
Havasi johu manzilu ma’vo, Tushti boshimg‘a yana ko‘p savdo.
Rind ahlig‘a raftu omad deb, Mone’ elni ko‘rub xushomad deb.
Qanda bir bazm bo‘lsa hozir edim, Ko‘p tamosho ko‘rarga nozir edim
. Hama el suhbatimg‘a tolib edi, Orzular ko‘ngulga g‘olib edi.
Izzatim, hurmatim fuzunroq edi, Har taraf borg‘ali yo‘lim oq edi.
Bandadin ehtiyoj yo‘q erdi, Ko‘nglimiz bu sababga to‘q erdi.
Kunda ko‘p mehmon kuzatmak ila, Birin olib, birin uzatmak