Baytlar
G’ami dunyoga chirmashg‘on sari holing zabun bo‘lgay.
* * *
Harifi soda tab’lar ko‘p baloga mubtalo.
* * *
Dushmanni o‘zingga mahrami jon qilma, O’z joningga muncha jabru nuqson qilma. El mashvarati birla har ish topar saloh, Ish qilma o‘z oldingcha, pushaymon qilma.
* * *
Umr yoshdin o‘tar, havas dildin, Ayog‘ing hech uzilmagay gildin. Koru boring erur pushaymonlig‘, Bori sudu ziyon parishonlig‘.
* * *
Ne taraf azm aylasam oldimda istiqbol g‘am, Boqmay utsam ham kelur soya kabi dunbol, g‘am.
* * *
Suchuk til birla, ey Obid, bu g‘amli dilni shod etgil, Ki jon tandin vijod etguncha bu shirin zabon yaxshi.
* * *
Bu masaldur, Obido, xalq ichrakim, qaysi yatim, Og‘zi tegdi oshqayu, burnidin qachon qon kelmadi.
* * *
Ko‘rdiki kimda bordur davlat anga duchordur, Naf’i yetg‘ay xayolig‘a o‘zni oshno qilur.
Birovni g‘am bila, qayg‘u bila ado aylar, Birovni ishrati olamg‘a poydor qilur. Birovni diydai binosidin judo aylab, Tamomi umrin asokashga intizor qilur. Birovga simu zar behisob ro‘zi etar, Birovni bir pul uchun yo‘l yuzida zor qilur.
* * *
Chekib minnat adadsiz, ruyi rohat kurmadim hargiz, Azaldan, ey birodarlar, jafokashga vafo bo‘lmas.
* * *
Hech birodardan manga kelgan emas buyi vafo, Ahli olamda maningdek purjafoe bormikin? Mehr izlab qahr ko‘rgan, sharbat izlab zahr nush, Ruyi rohat kurmagan mehnatadoe bormikin?