Nashrga tayerlovchi — filologiya fanlari doktori A. Hayitmetov
Tarix shuni ko‘rsatadiki, xonlar bilan xonlarning farqi bor, beklar bilan beklarning,
amirlar bilan amirlarning. Birlari o‘zidan yaxshi nom qoldirish uchun kurashgan va yashagan
bo‘lsalar, ikkinchilari ko‘p vaqt o‘z turmushini, boylik orttirishni, bor narsalarni ham
buzishni, yo‘q kilishni o‘ylagan, yaratuvchilik g‘oyasidan uzoq bo‘lgan.
Buxoro hokimi Mahmud Sultonning o‘g‘li Ubaydulloxon ibn Mahmud Sulton esa bir
tomondan shayboniylar sulolasining yirik namoyadalaridan biri bo‘lishi, hokimiyat uchun
bo‘lgan jangu jadallarda faol qatnashishi bilan birga o‘z davri madaniyatining katta arbobi,
XVI asr o‘zbek adabiyotining yirik vakili ham bo‘lgan, o‘z hayotining biron kunini she’rsiz,
she’r mutolaasisiz kechirmagan, o‘zidan keyingi avlodlarga o‘zbek, fors va arab tillarida bir
necha devon qoldirgan.