Tadqiqot

Navoiy va Nozim hikmat

Tilak Jo‘ra, Sultonmurod OLIM. “Xalq so‘zi” gazetasi, 1991-yil 11-iyun

 

 

Navoiy va Nozim hikmat

Alisher Navoiy jahonning eng ulug‘ shoirlaridan biri ekanini biz aytsak, ehtimol ovozimiz butun dunyo bo‘ylab taralmas. Lekin endi bu gapni turli mamlakatlardagi mashhur adibu shoirlar aytishsa-chi? Bunday haqqoniy e’tirof bizning yukimizni yengil qilibgina qolmay, ko‘nglimizda iliq bir mamnuniyat hissini uyg‘otib, zo‘r faxr tuyg‘usini qo‘zg‘aydi. Mashhur Fransuz adibi Lui aragon 1955-yilda chop etilgan “sovet adabiyoti” kitobining “navoiy degan maxsus faslida mana bunday deb yoziladi: “Zamonamizning mashhur shoirlari chililik Neruda, pragalik Nezval, ispaniyalik Alberti, kubalik Pelyen, flodelfiyalik Lou Enfelis va turkiyalik Nozim Hikmat bugun Navoiy ijodiga ta’zim qiladilar.

   Biroq ta’zimda ham ta’zim bor-da. Xo‘sh, aragon tilga olgan shoirlardan bizga qalban ham, lisonan ham eng yaqini-Nozim Hikmat turkiy xalqlar adabiyotining azalidan hozirigacha, kim biladi, deysiz, balki abadiygacha eng buyuk so‘z sehrgari bo‘lib turgan bobokaloni-Alisher Navoiyga ta’zimni qanday ifodalaydi ekan?

    1948-yil Nozim Hikmat Turkiyadagi qamoqxonalardan birida yotibdi. Ammo turmada ham qalaini qo‘lidan tashlagan emas. O‘sha yili u bir drama yozdi. Unga: “Farxod, Shirin, Mehmanabonu va Temur tog‘ suvi”, deb nom qo‘ydi.

    1948-yil. Alisher Navoiyning 500 yililigi kata tantana bilan nishonlandi. Pyesa qahramonlari esa Farhod Shirin, Mehmanabonu, ya’ni Mehnbonu... ana shu ikki uyg‘unlik hali asarni o‘qib chiqmasingizdanoq sizda: “Bu Nozim Hikmatning ulug‘ Navoiy yubileyini qamoqxonada turib qarshiladi., to‘yga to‘yonasi emasmikin?” – degan fikr uyg‘onadi.

     Taniqli Ozarbayjon Nizomiyshunosi, marhum G‘. Aliyev bu pyesani Nizomiy Ganjaiy “Xamsa”sidagi ikkinchi doston-“Husrav va Shirin” ta’sirida bitilgan, deb hisoblagan edi. bu sayyor syujet asosida asar bitishning sarchashmasi Nizomiy dostoni ekani, Husrav Dehlaviyning “Shirin va Husrav”i ham o‘sha dostonga javobi, Navoiy “farxod va Shirin”i esa Nizomiy va Dehlaviy dostonlariga nazira tarzida bitilganini inobatga olsak, albatta nozim Hikmatni Nizomiy syujetlari asosida asr bitganlar ro‘yxatiga kiritish kerak. Biroq Farxod obrazining bosh qahramoni qilib olishiyoq ta’sir manbaini endi Nizomiydan emas, Navoiydan qidirish taqozo etadi.

   Ko‘pchilikka ma’lumki, Nizomiy dostonida Farxod obrazi yaratilgan bo‘sa-da, asarda bu yigitning shiringina ishqi-epizodik syujet. Nizomiy dostonining asosiy yo‘nalii esa Husrav bilan Shirin sevgisini vasf etish, Navoiy o‘z dostoniga tomoman yangicha g‘oyaviy-falsafiy mazmun yuklanadi. Buning uchun esa avvalo Farxod va Shirin ishqini kuylashni bosh maqsadiga aylantiradi.

    Bu mavzuda Navoiydan keyin ham sharq adabiyotida o‘nlab dostonlar bitildi. Biroq endi shoirlar faqat Nizomiyga emas Navoiyga ham javob ayta boshladilar. G‘. Aliyevning “Sharq xalqlari adabiyotlarida Nizomiy mazzulari va syujetlari” ( M. 1985) kitobida zikr etilgan mavzuda yozgan mualliflar, ularning asarlari xususida qisqa-qisqa xabar berilgan. Aniqlashimizcha, shu sayyor syujet bo‘yicha Navoiydan keyin 62 asarning 18 tasida Husrav bilan Shirin sevgisi emas Farxod bilan Shirin sevgisi tarannum etilgan. Bizningcha, o‘zbek, fors-tojik, turk-azarbayjon, uyg‘ur tillaridagi ana shu 18 asar yo Navoiy dostoniga javob, yo “Farxod va Shirin”ning u yo bu ko‘rinishdagi tarjimasi. Albatta bu fikrni ilmiy isbotlash uchun maxsus tadqiqot kerak.

     Ammo Nizim Hikmat pyesasini o‘qib, u ana shu an’anaviy mavzuda bitilgan asarlarning hamasidan ko‘ra Navoiyning “ Farxod va Shirin”iga ko‘proq mos kelishiga amin bo‘ldik.

    Gap faqat asardagina emas chunki pyesa ruschaga “legenda o lubvi” tarjima qilinganidan keiyn “Bir sevgi afsonasi” deb atala boshladi. Aslida asar mohiyatan Navoiy dostoniga yaqin.     

      Adabiyotshunos  E. A. Korbatkina “Nozim Hikmatning afsona pyesalari” (M.1967) kitobida “Bir sevga afsonasi” pyesasi ildizlari “Genezisi” masalasini o‘rtaga qo‘ydi, muallifni turk xalq og‘zaki ijodi bilan aloqasi ko‘proq qiziktirgani sababli Naviy va Nozim Hikmat asarlari aro munosabat yo‘l-yo‘lakay qayd etiladi, xolos.

        Akter, agariza o‘g‘li Boboyevning “Nozim Hikmat” (M. 1957) kitobida pyesaning Nizomiy va Navoyi dostonlari ta’sirida bitilgani aytilgan. “Farxod va Shirin” bilan “Bir sevgi afsonasi” o‘rtasidagi mushtaraklik faqat qahramonlarning tanlanishidagina esa Navoiy Farxodning, shaxzoda bo‘lib turib, Boniydan me’morlik, Moneydan naqqoshlik san’atini oliy darajada tez egallagani uning toshyo‘narlik mahoratini mehr bilan kuylagan. Nozim Hikmat Farxodi shaxzoda emas-u lekin usta naqqosh tengi yo‘q toshyo‘nar. Bu uning asosiy kasbi. Demak Nozim Hikmat Farxodi – mehnatkash xalq vakili lekin ikki bu qahramonni birlashtirib turadigan bir ip bor: bu – xalqparastlik, mehnatkashning raxmini yeyish. To‘g‘ri, Nizomiy Farhodi ham hunarmand, zo‘r muhandis, misli yo‘q naqqosh. Lekin shoir talqinida mehnatkashparastlik yo‘nalishi yo‘q. 

    Nizomiyda voqea bunday. Shirin ko‘ngan vodiy shu qadar xushhavo, shunchalar so‘lim ediki, bu yerda sut kishini sut ichgisi kelaverardi. Ammo, aksiga olib o‘sha vodiy yaylovlarida mol boqishning iloji yo‘q chunki zaharli bir o‘t paydo bo‘lgan mol uni yesa o‘ladi. Shuning uchun cho‘ponlar mollarini shirin o‘rnashgan vodiydan ancha uzoqlarga haydab ketganlar. U yerdan sut tashib keltirish esa juda azob. Nizomiy tili bilan aytganda “ dardisar2, “ya’ni bosh og‘riq” bir ish. Shunda Shirin qani endi bir tshdan ariq bo‘lsayu undan sutni oqizib keltirsak deydi. Oyjaolning bu orzusini amalga oshirish uchun Shopur Farxodni topib keladi. Farxod Shirin uchun sut arig‘i qaziydi. Shu tariqa Farxodni sevib qoladi. Navoiy dostoniga Farxod esa ko‘p ming kishilik xalqni azob-uqubatdan, mashaqqatli mehnatdan ozod etish, uchun hunarini ishga soladi. Aslida ariq qazishni xalqqa, Shirining istagiga ko‘ra, mehnbonu buyuurgan edi. lekin bundan xabarsiz “Mazlumi sitamkash”, “alakash” bu elga Farxodning rahmi keladi. Chunki bechora odamlar unga butun ko‘ngillarini to‘kib solgan dardi xol qilgan edilar:

Erur uch yillik jon tortib hamisha, 

Ushalmay qolmadi metinu tesha.

Mashaqqatdin yigitni el qadri der,

Ki qozilmish ikki-uch yuz qarich yer.

Bu yanglig‘ birla umri Nuh topsoh

Badanda to‘proq oldni ruh topsoq

Chu mehnatning hadu poyoni yo‘qtur

Tuganmaslik bu ish imkoni yo‘qtur.

Gahi faryodu afg‘one chekar biz,

Goh ish qilmoq uchun jone kecharbiz...

     Xalqning bu ohu fig‘oniga chidab turolmagan Farhod o‘z maqsadi Shirini izlashni ham bir chetga yig‘ishtirib qo‘ydi.

Hunarni asrabon netgumdir oxir,

Olib firoqqamu ketgumdir oxir!!

   Deydida, ishga sho‘ng‘ib ketadi. O‘xshashlikni qarangki, nozim Hikmat Farhodi iflos suvdan o‘latga uchrab qirilib ketayotgan arzni shahri aholisini qutqarish va shu yo‘l bilan birgina erishish uchun tog‘dagi buloq suvini shaharga oqizishga bel bog‘laydi. O‘n yil betinim ter to‘kib, yarim yo‘lga yetadi. Shunda Shirin Mehnbonuning mazkur shartni bekor qilgani xabarini olib keladi. Lekin Farxod sevgilisi Shirindan yana o‘n yil kutishini so‘raydi. Chunki xalqni toza suv bilan ta’minlash Farxodning shaxsiy manfaatlaridan ustun turadi. Bu Navoiy dostonidagi eng zo‘r jihatidagi Nozim Hikmat tomonidan davom ettirilgani emasmi?

    Navoiyda Farhod uchun qurilgan to‘rt qasrni bunyod etish voqealari ora ish boshi – korfarmo obrazi tilga olinadi.

Paya-pay korfarmodin hayo-hay

Hayo-haydin qilib el ish payopay.

      Nozim Hikmatga esa ustaboshi (demak, korfarmo) yorqin obrazlardan biri sifatida gavdalanadi.

     Pyesada Farxod – naqqosh Behzodning o‘g‘li. “Behzod” deb nom tanldanishi ham tasodifiymi? Yo‘q. Bu navoiy boshida turgan XV  asr ikkinchi yarmi Hirot madaniy muhitining yirik vakili, buyuk rassom, “Sharq Rafaeli” deb ta’riflanadigan Kamoliddin Behzodga oshkor ishora-ku! Go‘yo bu bilan Nozim Hikmat Navoiydan ta’sirlanganini yana bir bor zimdan ta’kidlayotgandek. Albatta, yuqoridagi va boshqa talay o‘xshashliklar bo‘lishiga qarmay Nozim Hikmatda Farxod obrazi yangicha talqin topgan. Biroq bu ikki asar mualliflari badiiy konsepsiyasi mohiyatan bir- biriga yaqin.  Ikkala asarda ham yorga ishq xalqqa muhabbat ila uyg‘unlashib ketgan. Nozim Hikmat “Farxod va Shirin”ida   farqli o‘laroq, Nozim Hikmat pyesasida mehnat mavzusi bosh masalaga aylanadi. Umuman “Bir sevgi afsonasi” pyesasidagi ana’naviy syujetning o‘ziga xos tarzda davom ettirilishini Navoiy dostoniga javob aytishning zamonaviy ko‘rinishlaridan biri sifatida qarash kerak.

   Nozim Hikmatning mazkur pyesasini uning jonajon do‘sti-G‘afur G‘ulom o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Bu tarjima 1955-yili bosilib chiqqan edi. ana shu tarjima asosida Hamza nomidagi akademik teatrimiz asarni sahnaga qo‘yib tomoshabinlarni xushnud etgan edi.

     Tilak Jo‘ra,

 Sultonmurod OLIM.

“Xalq so‘zi” gazetasi, 1991-yil 11-iyun

📚 Yuklab olish 📖