boshqa

Mutolaa shukuhi 2

None

QISSALARDAN HISSALAR
(O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik 
ijodiga oid kuzatishlar misolida)
O‘zbek bolalar qissachiligining so‘nggi yillardagi 
rivojini Xudoyberdi To‘xtaboyev, Tohir Malik, Hojiakbar 
Shayxov, Anvar Obidjon kabi zabardast nosirlar ijodining 
nurli sahifalarisiz tasavvur etish mushkul. Xudoyberdi 
To‘xtaboyev, Anvar Obidjon, Hojiakbar Shayxovlarning 
sarguzasht qissalari qahramonlari – Akromjon, Hoshimjon, 
Meshpolvon, Avtobolalar allaqachon o‘zbek kitobxoni uchun 
Mark Tvenning Tom Soyeri, Karlo Kollodining 
Pinokkinosi, Janni Rodarining Chipollinosi, Aleksey 
Tolstoyning Buratinosi kabi qadrli va unutilmas 
siymolarga aylanib ulgurgan. O‘z asarlarida g‘aroyib 
sarguzashtlardan ko‘ra real voqelik tasviriga, jiddiy 
mushohadaga keng o‘rin ajratgan Tohir Malik qissalarida 
garchi yuqorida qayd qilingan obrazlar xususiyatlarini 
takrorlovchi qahramonlar mavjud bo‘lmasa-da, bu asarlar 
mutolaasi katta-kichikni o‘yga toldirgani, qizg‘in bahsmunozaraga undagani rost.

📚 Yuklab olish 📖