SHAVKAT HASANOV

SHAVKAT HASANOV

1967-yil 15-yanvarda Buxoro viloyati Shofirkon tumani  Denov qishlog‘ida tug‘ilgan. Tumandagi 4-son o‘rta maktabni tugatib, 1983- yil SamDUning o‘zbek va tojik filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirgan. 1985-1987-yillar Armiya safida xizmat qilgan. O‘qishni tugatgach, 1990-yil ish faoliyatini Toshkentdagi “Yozuvchi” nashriyotida boshlagan. 1991-yildan SamDUning Hozirgi o‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, dotsenti, professori lavozimlarida ishlab kelmoqda.

1993 yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Shavkat Hasanov  badiiy ijod bilan ham shug‘ullanadi. Uning «Yomg‘irlar Mavsumi», «Qayg‘udan keyingi kun» she’riy to‘plamlari, «Doston va lirika», «O‘zbek dramatik dostoni», «Doston tarkibi va tabiati» nomli monografiyalari chop etilgan.

 

 



SHAVKAT HASANOV Adibimizga tegishli asarlarimiz