Sadriddin Ayniy

Sadriddin Ayniy (tojikcha: Садриддин Айнӣ; haqiqiy ismi Sadriddin Said-Murodzoda (tojikcha: Садриддин Саид-Муродзода); 1878-yil, 15-aprel, Soktare qishlogʻi, Buxoro amirligi — 1954-yil, 15-iyul, Stalinobod, Tojikiston SSR, SSSR) — tojik va oʻzbek sovet yozuvchisi. Shoir, davlat va jamoat arbobi. Sovet davridagi tojik adabiyoti asoschisi. tojik va oʻzbek tillarida ijod qilgan. Tojikiston Fanlar Akademiyasining birinchi prezidenti (1951—1954), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi faxriy aʼzosi (1943), Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1940), filologiya fanlari doktori (1948), professor (1950). Tojikiston Qahramoni unvoni sohibi (1998), qator sobiq SSSR orden va medallari sohibi. 2001-yilda o‘zining beqiyos isteʼdodi, o‘lmas ijodiy merosi bilan o‘zbek milliy madaniyati rivojiga hissa qo‘shgani uchun Oʻzbekiston Respublikasining „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan.
 

Sadriddin Said-Murodzoda 1878-yilning 15-aprel kuni Buxoro amirligining Soktare qishlogʻida, tojik oilasida tugʻilgan[5]. Uning o‘g‘li Ayniy Kamol, taniqli jurnalist. Otasi Said Murodxo‘ja dehqonchilik bilan shug‘ullangan bo‘lsa-da, o‘zi savodli bo‘lgani uchun farzandlarini bilimli qilishga intilgan. Shuning uchun o‘g‘li Sadriddin Ayniyni olti yoshida o‘z qishlog‘i madrasasiga yuboradi. Ayniy „Eski maktab“ qissasida o‘sha madrasada o‘qiganini taʼriflab beradi.

1884—1887-yillarda eski maktabda oʻqigan. 1889-yilda Buxoro va uning atrofini qamrab olgan vabo uni qirq kun ichida otasidan ham, onasidan ham ajratdi. Ayniy 12 yoshida Buxoroga keladi[6]. Ayniy kabi kambag‘allarning Buxoro madrasalarida o‘qishi juda qiyin edi. Ammo o‘zining g‘ayrati, ilm talabasi bo‘lgani tufayli hayot va o‘qishning barcha qiyinchiliklarini yengib, 16 yil Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Buxorodagi Mir Arab (1890—1891), Olimxon (1892—1893), Badalbek (1894—1896), Hoji Zohid (1896—1899) va Koʻkaldosh (1899—1900) madrasalarida tahsil olgan.



Sadriddin Ayniy Adibimizga tegishli asarlarimiz

QULLAR

Sadriddin Ayniy

Eski maktab

Sadriddin Ayniy

Sudxo`rning o`limi

Sadriddin Ayniy

Esdaliklar

Sadriddin Ayniy

Esdaliklar 4-qism

Sadriddin Ayniy

Esdaliklar -1-2

Sadriddin Ayniy

AYNIY VORISLARI

Sadriddin Ayniy