(1943-2012)
Rahim Jo‘rayevich Vohidov 1942-yil 5-avgust (aslida javzo, 15- may)da Buxoro viloyat Romitan (hozirgi Jondor) tumani Lolo fuqarolar yig‘ini hududidagi O‘ba qishlog‘ida tug‘ildi. 1949-1959 yillarda Romitan tumanidagi Muqimiy nomli maktabda tahsil oldi. 1959-1960-yillarda Muqimiy nomli maktabda yoshlar yetakchisi, 1960-1965-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti o‘zbek-tojik filologiyasi (o‘zbek filologiyasi bo‘limi) fakultetida tahsil oldi. 1965-1966-yillarda Ukrainaning Bogdan Xmelniskiy shahrida harbiy xizmatni o‘tadi (12 oy). 1967-yilda Jondor tumanidagi T. Shevchenko nomidagi maktabda ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi vazifasida ishladi.
1967-yilning 2-sentyabridan Buxoro Davlat pedagogika instituti o‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi. 1969-1970- yillarda Samarqand Davlat universiteti o‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi tadqiqotchisi. 1970-yilning 30-iyunida Samarqand Davlat universiteti huzuridagi Ixtisoslashgan Ilmiy kengashda «Shayxim Suhaylining hayoti va ijodiyoti» mavzuida prof. B.N.Valixo‘jaev rahbarligida filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqladi.
1970-1975-yillarda Buxoro Davlat pedagogika instituti o‘zbek adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchi, dotsenti (1975), 1972-1977- yillarda BuxDPI o‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri, 1977-1979- yillarda Samarqand Davlat universiteti o‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi doktoranti. 1979-1990-yillarda BuxDPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti.
1989-yil 22-avgustda “Mehnat faxriysi” nishoni bilan taqdirlangan.
1988-yilning 19-mayida O‘zR FA Til va adabiyot Instituti huzuridagi doktorlik dissertatsiyalari himoyasi uchun Ixtisoslashtirilgan Ilmiy kengashda “XV asrning II yarmi, XVI asrning boshlarida o‘zbek va tojik adabiy aloqalari (qiyosiy-tipologik yo‘nalish)" (ilmiy maslahatchi prof. B.N. Valixo‘jaev) mavzuida filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qildi.
1998-yilning 26-avgustida «O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi (№37864).
1990-yilning 25-oktyabrida O‘zbek adabiyoti kafedrasi professori ilmiy unvoni berildi.
1989-1992-yillarda Qardosh xalqlar adabiyoti va tojik filologiyasi kafedrasi mudiri. 1992-1996-yillarda BuxDU o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi mudiri. 1996-1997-yillarda BuxDu o‘zbek va tojik filologiyasi fakulteti dekani. 1995-yilning dekabridan Buxoro Davlat universitetida xizmat ko‘rsatgan professor. 2000-2002-yillarda O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani. 1998-2005 yillarda Tasavvufi va o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi mudiri. 2005-yilning 16-avgustidan BuxDU o‘zbek adabiyoti kafedrasi professori.
2002-yil 27-avgustda O‘zbekiston Respublikasi “Ustoz” jamg‘armasi tomonidan Ta’lim sohasidagi keng qamrovli fidokorona mehnati uchun “Ustoz” faxriy unvoni berildi.
2005-yil 3-martida Antik dunyo Xalqaro ilmiy Akademiyasi akademigi unvoni berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005-yil 30-noyabrdagi 260-buyrug‘iga asosan Vohidov Rahim Jo‘raevich, Eshonqulov Husniddin Pirimovichning 5220100 – filologiya (o‘zbek filologiyasi) bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mualliflik guvohnomasi berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 17- mayidagi farmoniga binoan “O‘zbeksiton Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni berildi.
1990-2012-yilga qadar Samarqand davlat universiteti huzuridagi nomzodlik dissertatsiyalari himoyasi uchun Ixtisoslashgan K 067.04.01 raqamli ilmiy kengash a’zosi.
Zukko olim, hassos navoiyshunos Rahim Jo‘rayevich Vohidov 2012- yilning 5 -mayida vafot etdi.