Fag`naviy

Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy

         Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy Vobkent tumanidagi Anjir Fag‘ni qishlogida tug‘ilib, o‘sha yerda vafot qilgan. Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy ilmi qol va ilmi holni hazrati Xoja Orif Revgariydan o‘rgangan. Ali Safiyning “Rashahotu aynul hayot” kitobida yozilishicha, Xoja Ali ar-Romitaniy Xizr alayhissalomdan: “Shu asru ayyomda pir deb kimning etagidan tutsa bo'ladi?” deb so‘raganida Xizr alayhissalom: “Shu asru ayyomning murshidi Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviydir!” deganlar. Xizr alayhissalomning tavsiyasiga muvofiq Xoja Ali ar-Romitaniy Xoja Mahmudga murid bo‘ladi. Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy qabrlari ustida yangi maqbara, maqbara yonida hovuz va jome’ masjidi qurilib ushbu joy obod ziyoratgohga aylangan.

         Xoja Mahmud Anjir Fagʻnaviy Xojagon Naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik 7 pirning uchinchisi. Gilkorlik bilan shugʻullangan. Xoja Orif Mohitobon — Revgariyyadan tahsil olib, uning vafotidan soʻng xojagonlik silsilasini boshqargan. "Silsilayi sharif" da 12 halqanig piri hisoblanadi. Xufiyona (yashirin) zikr bilan jahriya (baland tovushli) zikrga baravar amal etgan. Xoja Ali Romitaniy (Xojayi Azizon) ga ustozlik qilgan. Fag'naviy tugʻilgan qishlogʻida dafn etilgan.

,,Rashahot’’da aytilishicha, Xoja Mahmud Anjir Fag’naviydan Sayyid Amir Kulolgacha o’tgan xojagon-naqshbandiya tariqati mashoyihlari xufyona zikr bilan jahriya zikriga baravar amal qilishgan. -Maqomoti Xoja Abduxoliq G’ijduvoniy’’ kitobida zikr qilinadiki, har qachon Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy: ,,Yo Rabbiy!’’-desalar, Alloh Ta’olodan: ,,Labbayka, yo abdi!’’(Labbay, ey mening bandam!)degan bevosita javobni eshitardilar.

         Xoja Mahmudning ikki o’gillari Sayyid va Umar bo’lgan. Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy 1286-yilda vafot qildilar va u kishini tug’ilgan qishloqlarida dafn qildilar.

 

Mahmud Anjir Fag‘naviy o‘rta bo‘ylidan balandroq, qomati kelishgan, oq tanli, burni xushbichim, ko‘zlari qora, keng og‘izli, ko‘rkam soqolli, ochiq, nuroniy yuzli edi.



Fag`naviy Adibimizga tegishli asarlarimiz