Abu Abdulloh Rudakiy

Abu Abdulloh Rudakiy

(Х asr)

“Ba’zi tarixlarda aytilishicha, Nasr ibn Ahmad Buxorodan Marvdagi Shoh Jahon qarorgohiga safar qilgan edi. U yerda uning turish muddati cho‘zilib ketdi. Arkoni davlatning xayoli Buxoro, uning qasri va bog‘lariga band bo‘ldi. Ro‘dakiyga katta in’omlar berib, Nasr ibn Ahmadda Buxoroga qaytish hissini uyg‘ota oladigan bir necha bayt ijod qilib, ud bilan kuylab berishni iltimos qildilar. Bir kuni erta bilan podsho sabuhiy (ertalabki sharobxo‘rlik) qilib o‘tirgan paytda qo‘lidagi baytlarni ud ovoziga jo‘r qilib o‘qidi”. Qasida ijrosi tugamay, olti bayti kuylangani hamono undan ta’sirdangan amir “uy kiyimida va kafshi bilan otga minib”, Buxoro yo‘liga tushadi.

Quyida “Bo‘yi jo‘yi Mo‘liyon oyad hame” satri bilan boshlanadigan mazkur qasida parchasini Samandar Vohidov tarjimasida keltiramiz:

 

Mo‘liyonning xush hidi kelgay buyon,

Esga tushgay yodi yori mehribon.

 

Ham Amuning qumlari, qumloq yo‘li.

Poyimizga yoyilar baxmalsimon

 

Ot belidan past tushar Jayhun suvi

Do‘st visolini xayol qilgan zamon.

 

Ey Buxoro, shod bo‘lu mangu yasha,

Shoh borar bag‘ringga yayrab shodmon.

 

Shoh agar oydir, uning osmoni sen,

Oy borar osmon-Buxoroga tomon.

 

Shoh agar sarvdir, uning bo‘stoni sen,

Sarv borar bo‘ston – Buxoroga tomon.

Madhu ta’rifdan butun yetgay hayon,

Garchi ganjga yetsa-da undan ziyon.

 



Abu Abdulloh Rudakiy Adibimizga tegishli asarlarimiz

Abu Abdullo Rudakiy:

Abu Abdulloh Rudakiy

Osori Rudakiy

Abu Abdulloh Rudakiy

Devon

Abu Abdulloh Rudakiy

Rudakiy

Ergash Ochilov