Sayfiy Buxoriy

Sayfiy Buxoriy buxorolik atoqli shoir va olimdir. U XV asrning 70-yillarida Hirotga boradi va u yerdagi adabiy muhitda nom qozonadi. Ayniqsa, shoirning yuzdan ziyod she’ri jamlangan «Sano’e ul-badoye’» nomli kitobi nazm muxlislari orasida shuh- rat topadi.

Shoir ko‘pgina g‘azallarida shahar va qishloq ahlining gilkor, duradgor, attor, temirchi, bo‘yoqchi, nonvoy, farrosh, qassob, dehqon kabi kasb egalarini madh etadi, ularning kasbu kori sifatlarini badiiy so‘z bilan she’r tiliga ko‘chiradi.

Sayfiy Buxoriy aruz va muammoga doir risolalar ham yozgan. U taxminan 1487- yilda Movarounnahrga qaytadi, bir necha muddat Samarqand hokimi Boysunqur Mirzoga murabbiylik qiladi va 1498- yilda ona shahri Buxoroga kelib, shu yerda 1500- (ba’zi ma’lumotlarda 1504) yilda vafot etadi. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining «Boburnoma»sida Sayfiy ijodiga yuqori baho beradi.



Sayfiy Buxoriy Adibimizga tegishli asarlarimiz