NOSIR BUXORIY
(1300-1371)
Temuriylar davrida yashab ijod etgan buxorolik shoir Nosir Buxoriy hayoti va faoliyati haqida juda oz ma’lumotlar yetib kelgan. U xattot va shoir sifatida tanilgan. Uning Shoh Darvesh va Darvesh Nosir nomlari bilan mashhur bo‘lganligi bir qancha manbalarda qayd etilgan. Nosir Buxoriy Buxoroda tug‘ilgan, shu yerda tahsil olgan. Tahsildan so‘ng Xuroson, Ozarbayjon va Iroqqa safar qilgan. Taniqli fors-tojik shoiri Salmon Sovajiy bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan. Tazkiralarda ularning o‘zaro mushoiralari keltiriladi. Nosir Buxoriy Hofiz Sheroziyga ergashib, iroqiy uslubda g‘azallar bitgan.
Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abdug‘ani Mirzoev nomidagi Sharqshunoslik institugida shoir kulliyotining mukammal nusxasi saqlanadi. U taxminan 7 ming bayt hajmidagi qasidayu g‘azallar hamda orifona mazmundagi «Hidoyatnoma» masnaviysini o‘z ichiga oladi.
Ko‘p yillardan buyon Nosir Buxoriy hayoti va ijodi bilan shug‘ullanib kelayotgan taniqli adabiyotshunos olim Solehjon Qurbonovning yozishicha esa, shoirning 10 ming baytdan ortiq she’riy merosi saqlanib qolgan.
Davlatshoh Samarqandiyning ma’lumot berishicha, Nosir Buxoriy fozil va darvesh kishi bo‘lib, she’rlari holdan xoli emas va so‘zlaridan dilga faqr hidi yetadi. Darveshlik xirqasida sayohat qilib, kigizdan tikilgan kuloh va bo‘z to‘ndan bo‘lak bu dunyo boyligidan hech vaqosi yo‘q edi.
Abdurahmon Jomiy ham «Bahoriston»da Nosir Buxoriy Movarounnahrdan bo‘lib, she’rlarida tasavvuf ruhi mavjudligini qayd etib o‘tgan edi. Alisher Navoiy esa «Mahbub ul-qulub» asarida uni she’rlarida majoziy yo‘nalish ustun bo‘lgan shoirlar jumlasiga kiritadi.
S. Qurbonovning yozishicha, uning «ijodida dunyo go‘zalligi ilohiy husnning in’ikosi yoki soyasi sifatida talqin etiladi» va u «vahsat ul-vujud» falsafiy oqimi pozitsiyasida mahkam turadi. Uning uchun olam va odam, ya’ni ruh va jism, vujud va ma’ni birgadir». Solehjon Qurbonov, Sadriddin Salim Buxoriy kabi olimlar Nosir Buxoriy hayoti va ijodi bo‘yicha tadqiqotlar olib borganlar. Samandar Vohidov shoir g‘azallaridan namunalar tarjima qilgan.
Saidiy Nasafiy shoirning vafot etgan yilini hijriy 773 (milodiy 1371) deb belgilagan.
She`rlaridan namunalar
G‘AZALLAR
***
Shami Eronmu deyin yo mohi Turonmu deyin,
Qiblan dilmu deyin yo ka’ban jonmu deyin.
Misli joni noiloju misli aqli dilfuro‘z,
Jon-jahondan neki ortiq senda shoyonmu deyin.
Men seni Firdavs atay, olsang niqobing chehradan,
Ruh ato etsang labingdan obi hayronmu deyin.
Sen vafoda mehribonu ham safoda benazir,
Shu sabab barnolar ichra shohu sultonmu deyin.
Olam aro yuzlaring Mahdiyn olamga qiyos,
Mo‘jiza lablar sabab Isoi davronmu deyin.
Chorla qoshingga, seni oshiqnavoz, deb nom beray,
Men sari qilsang xirom, sarvi xiromonmu deyiya.
Tingla Nosir she’rini, anglagil asrorini,
Toki mardum orasida shohi suhandonmu deyin.
***
Yashnadi kelgach bahor, gul birla bog‘u bo‘ston,
Lola sahroda alam tortib yuribdi bag‘ri qon.
Boshladi bulbul navoyu sarv egdi boshini,
G‘uncha zavq ichra libosin chok-chok yirtdi shu on.
Nargizi sho‘x ko‘zlaringda zarra yo‘q sharmu hayo,
Nargizi ra’no ko‘zingni ko‘rmagan ko‘r begumon.
Sabzalar nayza tutib, suvga tahdid aylagay:
«Ko‘rmayin gul xandasin o‘tma, ey, obiravon!..»
Shu qadar dog‘ soldiki hajr ko‘ksimga menim,
Na’ra tortdi to Surayyo, yetdi bu ohu fig‘on,
Yerga sig‘may dardli dil chiqdi charxning tomiga,
Dosh berolmay vazniga yetti bukildi osmon.
Ayladi Nosirni tark, qoldirib g‘amda, dili,
Go‘yo qatra ediyu u chopdi daryoga tomon.
***
Sarv hushdan og‘ar bo‘stonga kirsang nogoh,
Gul parda kiyar gulistonga kirsang nogoh.
Sudu sarmoyasi barbod hamma mardumning,
Sen xaridor bo‘lsangu do‘konga kirsang nogoh.
Ko‘zalar raqsga tushar gar mayxonaga kirsang,
Sinajak bandu kishan zindonga kirsang nogoh.
Qomating ko‘rgach senga joy bo‘shatar tubo
Rӯzi mahshar ravzai rizvonga kirsang nogox
Lablaring yodi qilar mastlar holini xarob,
Hojati yo‘q mast to‘la oshyonga kirsang nogoh,
Men jigar qonini ichib, dil dardini qilgum gazak,
Bir kecha kulbam aro mehmonga kirsang nogoh,
Ey guhar, daryo tubida qancha yotma xasday,
Raqs ila yuzga chiqarsan, to‘fonga kirsang nogoh.
Bu gadolik baxti birla mast bo‘lardi Nosir,
Ko‘ngliga sulton bo‘lib bir onga kirsang nogoh,
***
Sening yodingga, ey, sho‘x, yor g‘ami zinhor kelmaydir,
Nahot uyqung buzib tunda, nolai zor kelmaydir.
Bu behislar qulog‘iga sifati orazing kirmas,
Safoi gulyuzing ag‘yor ko‘ziga bir bor kelmaydir.
Ko‘zim yoshi ila ko‘rdim, bu dunyo qalbining siymi,
Seningsiz himmatim ko‘ziga bir miqdor kelmaydir.
Boshim mehring ila banddir, dilimda ahdni buzg‘oning.
Menga bir yore boqmaydir, menga bir yor kelmaydir.
Qochib baxtdan, dedim zulfingni toriga o‘zim ossam,
Qo‘limda tutganim tor ham, netayki kor kelmaydir.
Ko‘yingda bir g‘ubor bo‘lsam, shamollar qo‘zg‘atolmasdi,
Agar ko‘yingni gardiga g‘uborim or kelmaydir.
Bu Nosir singari ahli yurakka ishq degay shunday:
Jahonga bundayin boshqa vafodor kelmaydir.
***
Sirotimiz rahi mayxona bo‘lgay,
Bihishtimiz ruhi janona bo‘lgay.
Xush ermas yor hididan hatto tubo,
Bizga kavsardan afzal mayxona bo‘lgay.
Meni do‘zax ila qo‘rqitma, zohid,
Ki o‘tga ishqinoz parvona bo‘lgay.
Boshiga yog‘sa ham tig‘, mardi oshiq,
Ugirmas ishqidan yuz, mardona bo‘lgay.
Dema so‘z, voizo, kufru imondan,
Bu lofu qoflaring afsona bo‘lgay.
O‘zini oqilu dono desa kim,
Oshiqlar nazdida devona bo‘lgay.
Faqat do‘st bor erur Nosir dilida,
Ne tong, ganj maskani vayrona bo‘lgay.
***
Yuzingni naqshisiz gul ham ko‘zimga xor kelgaydir,
Dilimga gul bargidan sensiz necha ozor kelgaydir.
Sirishki la’l oqizgaydir bu savdo diydadan, bisyor,
Faqirlik moli bozorim aro bisyor kelgaydir.
Ko‘zimga qoshlaring yodi bo‘lib payvasta har lahza.
Bu haqbin diydadan o‘qu kamon tayyor kelgaydir.
Kuyingdan men raqib dashnomi deb dilgir ketmasman,
Gohe bu ta’nai dushman, garchi, dushvor kelgaydir.
Bilarmanki, o‘shal zebo yuzingni ko‘rsa badbinlar,
Yomon ko‘zlardan ul yuzga azob oshkor kelgaydir.
Qo‘lida bodasi yo‘qlar umrbod bod ila qolgay,
Nigorimdan bo‘lak ko‘zga hamma ag‘yor kelgaydir.
Toparman deb nishon do‘stdan nazar har yona solgaymen,
Men oshiq bo‘lganim guldan nasimi yor kelgaydir.
Ko‘zingdan o‘zga hech kimsa bu Nosir holini so‘rmas,
Ne tong, bemorga hamdardlik uchun bemor kelgaydir.
***
Gul uldirki, husnidan jahon gulistondir,
Har chaman bagri undan necha ming dostondir.
G‘unchaday gar orzida kulgu aks etsa-da,
Doimo lab ostida kulgusi pinhondir.
G‘unchaning xushbo‘y dilin qochsa ham yelpib sabo,
Gulning boshida sarv ham tol kabi larzondir.
Xun bahosin so‘rsa ham soqiy, ko‘za qonini quy,
Unga ming jonimni bersam, baribir, arzondir.
Ne ajab, sen bir umr ahdingni sindirsang, sanam,
Umr ahdi biz uchun asli sustpaymondir.
So‘zlama tong yeliday, Nosiro, yor zulfidan,
Sen o‘ralgan zulf hadisi bir umr parishondir.
Samandan Vohidov tarjimasi
1
Yor sochini tutdim: «Ey hayotim naqshi,
O‘nglagil ishim, dilimning farahbaxshi!»
Dedi: «Qo‘yu sochimni, labimni ista,
Bir lahzalik aysh uzun umrdan yaxshi!»
2
Gar biz kabi sen ham asiri dom bo‘lasan,
Tokay xarobi bodayu jom bo‘lasan?
Biz oshiqu rindu maetu olamso‘zmiz5,
Bizlarga qo‘shilma sira — badnom bo‘lasan!6
3
Kelgay edi — har yoqqa nazar solgay edi,
Shirin labidan bol to‘kilib qolgay edi.
Bizlarga-da tashlab gohida nozli nazar,
Darhol ko‘zini boshqa taraf olgay edi.
4
G‘arq ekanini kecha quyoshda ko‘rdim,
G‘uncha ila husnini taloshda kurdim.
Men husni bilan jahonni kurdim — shundan
Ko‘z qorachig‘ini tula yoshda ko‘rdim.
5
Yor vasliga yetgan kechalar tengsiz emish,
Baxtingga g‘animlar hasadi so‘ngsiz emish.
Ey sham, so‘na qol, ey oy, falakni tark et,
Yor bo‘lsa quchoqda, kecha ham kunduz emish.
Ergash Ochilov tarjimasi
Tojikcha she`rlaridan namuna
Бахт гӯ то назари лутф ба кор андозад,
Дасти ман гираду дар гардани ёр андозад.
Рӯзи он аст, ки баҳри карамат мавч занад,
Киштии хастии моро ба қанор андозад.
Пойбуси ту наёбам, магар он дам, ки сабо,
Бибарад хокам бар рохгузор андозад.
Гамзаат бар чигар андохт хадангеву ҳанӯз,
Нигарон аст дили ман, ки ду бор андозад.
То гули руйи ту дар хоб набинам хар шаб,
Хачри ту бистари ман бар сари хор андозад.
Гаштаам куштаи чашми ту, ки он сахткамон
Ба яке тир чу ман сайд ҳазор андозад.
Гуфт Носир: «Ба ман он дӯст наяндохт назар»,
Дуст хар чо назари хеш чи кор андозад?!
Сироти мо рахи майхона бошад,
Бихишти мо рухи ҷонона бошад.
На тӯбо хуштар аз болои дилбар,
На кавсар бехтар аз майхона бошад.
Маро, эй зохид аз дузах матарсон,
Ки оташ роҳати парвона бошад.
Агар сад тег борад марди ошик,
Натобад руй чун мардона бошад.
Магу воиз ба мо аз куфру имон,
Ки томоти шумо афсона бошад.
Бубинад окилон, хар к-у кунад гуш,
Ба назди ошикон девона бошад.
Наёби бар дили Носир ба чуз дӯст,
Макоми ганҷ дар вайрона бошад.
Гул андар дидаам бе нақши рӯят хор меояд,
Зи хар барги гуле бар дил маро сад бор меояд.
Сиришки лаъл дар савдои мо бисёр меафтад,
Матои факр дар бозори мо бисёр меояд.
Хаёли абруят дар чашми ман пайваста мегардад,
Камон аз дидаҳои ростбин тайёр меояд,
Нахохам рафт аз куят ба дашноми ракиб, аммо
Самои таънаҳои душманон душвор меояд.
Бадон дар руйи некуят хамебинанду медонад,
Ки аз чашми бад осебе бад-он рухсор меояд.
Ба ғайри бода дар дасташ ҳама бо бод мемонад,
Ба ғайри ёр дар чашмам ҳама агёр меояд.
Хама дорам назар, к-он чо нишони дӯст меёбам,
Ба гул бар ошикам, к-аз вай насими ёр меояд.
Ба чуз чашми ту Носирро касе дигар намепурсад,
Хамон беморро рахме бар ин бемор меояд.
Омад бахору мавкаби гулхо расидааст,
Лола алам ба кӯҳу ба саҳро кашидааст,
Булбул суруд гуфта, сарандоз гашта сарв,
Гунча зи завки чуббаи хузро даридааст.
Дар чашми шухи наргиси ту хеч шарм нест,
Кур аст он ду наргиси раъно надидааст.
Сабза синон кашида хамегуяд обро,
Нодида магзаред, ки гулхо дамидааст.
Доге, ки хачр кард маро душ бар чигар,
Хар наърае задам, ки Сурайё шунидааст.
Бар боми чарх рафт дилу зери бори ӯ
Пушти дутои гунбади мино хамидааст.
Дил гуфт тарки Носиру омехт бо ғамаш,
У катра буду ҷониби дарё дамидааст.
Дарвешро, ки кунчи каноат мусаллам аст,
Дарвеш ном дораду султони олам аст.
Гар курси гарми меҳр барорад танури чарх,
Дар вакти чошт суфраи дарвешро кам аст.
Рӯзе туро ба захри хаводис кунад халок,
Гардуни ҳалқакарда, ки чун мори аркам аст.
Дархам шавад зи баҳри дирам холи одами,
Оре, тамоми сурати дархам чу дирхам аст.