Мирзо Жалол Юсуфзода
(1862-1931)
Мирзо Жалол Юсуфзода 1862 йил 17 мартда Озарбайжоннинг Шуша шаҳрида ҳожи Мирзо Алиакбар оиласида оиласида таваллуд топди. Бошланғич таълимни бўлғusi ma’rifatpavar o‘z otasidan oldi. Mirzo Jalol 1912 yili Buxoroga kelib, o‘zining qizg‘in faoliyatini boshlaydi. “Buxoroyi sharif” gazetasiga muharrirlik qilib, uning dastlabki sonlaridanoq “Buxorodan maktub”, “Nomerga maktub” ruknlarida aholidan kelgan maktublar chop etib borilgan. Gazetaxonlardan kelgan maktublarga muharrirning o‘zi javob yozgan. Mirza Jalol muharrirlik bilan bir paytda “Buxoroi sharif” gazetasida qator maqolalari va she’rlarini e’lon qilib borgan. Uning mazkur gazetadashi “Tartib lozim ast” ) تسا مزلا بئترت [Tartib kerak] maqolasida ta’lim berishni mukammallashtirishning aniq rejasini, rivojlangan ta’lim usulini amirlikning maktab va madrasalarida joriy qilishni taklif qiladi. Maqolada Buxoro amirligida maorif tizimi islohiga barcha birdek javobgar ekanligi «Qur’oni karim va hadisdan iqtiboslar keltirish orqali tushuntirib berilgan va: «Buxoroi sharif uchun jamiyatda lozim bo‘ladigan narsa maorifni yoyishda va kamchiliklarni tuzatishda harakat qilsinlar», deb ta’kidlangan. Buxoro amiri Said Olimxonning madrasada islohotlar o‘tkazishga kirishganini e’tirof etib, bu ishda «Muhtaram ulamolar oriflar, oqsoqollar, puldorlar bir jamiyat tashkil qilib maorifni yoyish uchun ko‘mak qilishlari va janobi oliyning irodalariga qo‘shilishi lozim», deb hisoblagan. Mirza Jalol Yusufzodaning gazetada sahifalarida jami 200 dan ortiq maqola, risola, suhbat, xatlarga javoblari va xabarlari, shuningdek, 40 dan ortiq she’rlari bosilgan. Mirza Jalol Yusufzodaning «Mulohaza» maqolasida esa Buxoroda avj olib ketgan sudxo‘rlik masalasi tanqid qilingan. Biz o‘z xatti-harakatlarini islomiy deb o‘ylasakda, aslida qilayotgan ishlarimiz islom va insoniylikka xos emas, deydi va o‘z ko‘rgan voqealaridan misollar keltiradi: «Bir dindor birodarimiz 100 so‘m (tanga) qarzdorligini ko‘rsak uni chetga tortib, 100 so‘m beramiz shu shart va qaror bilanki u bechora bir yilgacha pulimizni berolmasa uch, to‘rt barobar ko‘pini so‘raymiz. Uning mol-mulkiyu uyini yulib olamiz. Aslida biror kishi ayta olmaydiki, bu musulmonlarning ishi emas deb. Dunyoda har qaerda musulmonlar bor ular 100 ming marta muqaddas shariat amrida yuribmiz desalar-da ko‘pchiliklari sudxo‘rlik bilan shug‘ullanadilar. Mening o‘zim ko‘rdimki va shug‘ullandimki bir kishiga bir kishi 500 so‘m qarz berib, yetti yil davomida 1800 so‘m qilib olgan. Hozir insofu vijdon arboblari mulohaza qilsinlarki, bu ishlarning qaysi biri shariatning hukm va farmonlariga to‘g‘ri keladi?». Mirzo Jalol agar kimdir musulmonlikka da’vo qiladigan bo‘lsa, agar musulmonlikdan dunyo va oxiratdan foyda yetiishini istasa, yordamga muhtoj kishilarga foizsiz qarz berishi kerak, deb hisoblaydi. Bu vaqtda ilm va ta’lim masalasi nafaqat Mirzo Jalol o‘z oldiga qo‘ygan muammo bo‘lmay, butun jadidlar oldida turgan muhim vazifa edi. Mirza Jalol ijodida xalqning dardi, orzu-umidlari, u yashagan jamiyatning dolzarb masalalari yorqin aks etgan. U zamondosh shoirlar va ma’rifaparvarlarni an’anaviy muhabbatni kuylashdan voz kechib, butun diqqatlarini ilmga, fanga, ta’limga, dunyoviy bilimlarni egallashga, jamiyatni illatlardan tozalashga, zamonaviy ilmlarni egallashga chaqiradi. Mirzo Jalol Yusufzoda o‘zining butun kuchini, ijodini ma’rifatparvarlikka Buxoro xalqinig savodxon bo‘lishiga bag‘ishlaydi.