Gulchehra Sulaymonova
(1928-)
Gulchehra Sulaymonova 1928-yil 1-yanvarda Buxoro shahrida, novator shoir Payrav Sulaymoniy oilasida tug‘ilgan. Qizlar maktabini (1943), Buxoro davlat pedagogika universitetini (1947) tugatgan. So’ng mehnat va adabiy faoliyati Tojikiston bilan bog`lanib ketadi. Tojikiston Davlat nashriyotining nashriyot boʻlimida derektor «Sharq sadosi» jurnalida boʻlim mudiri (1961—1970) “Maorif” nashriyotning bolalar va yoshlar adabiyoti boʻlimi direktori (1971-1977) “Tojikiston ayollari” (hozirgi “Firuza”, 1977-1984) jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlara ishlagan. 1988-yildan nafaqaga chiqqan va badiiy ijod bilan shug'ullangan. Gulchehra Sulaymonova 2003-yil 5-aprelda vafot etgan.
Gulchehra Sulaymonova 20 dan ortiq she’riy to‘plamlar muallifi. “Bugun bayram” (1957), “Nargiz” (1966), “Charxpalar” (1971), "Shadda marjon" (1976), "Ilhom" (1977), "Kamalak", "O'simlik" (ikkalasi 1979), "Lola kunlari" (1982), "Quyoshli qo'shiqlar" (1984), "Chaqmoq" (1989), "Qo'limdagi lolalar" (1998) kabilar shular jumlasidandir.
Gulchehra Sulaymonova ijodining asosiy mavzusi insoniyatning shonli hayoti, davrning yetakchi g‘oyalarini tarannum etish, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi mavqei va xalqning bunyodkorlik mehnatini ulug`lashdan iborat. Uning she’rlari qahramonlari adolatli jamiyatning oliy g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlovchi mehnatkash insonlardir. Gulchehra Sulaymonova asosan bolalar uchun she`rlar yozgan. U bolalar dunyosini she’riy idrok etgan, she’rlarida ularning ezgu orzu-umidlarini, ezgu fazilatlarini, ruhiy holatini, tafakkur tarzini, harakat va fikrlarini yangicha nigoh bilan tasvirlagan. Uning ko‘plab she’r va qo‘shiqlari bolalarning sevimli qo‘shiqlariga aylangan.
Gulchehra Sulaymonova tarjima bilan ham jiddiy shug’ullandi, ko`plab o’zbek shoirlari she’rlari, xususan, Quddus Muhammadiy ijodidan tojik tiliga tarjimalar qildi. Va bu ikki xalq o’rtasidagi adabiy aloqalarni mustahkamlashda faol ishtirok etdi.