Baxshanda Boltayeva

Baxshanda Boltayeva Buxoro viloyati G’ijduvon tumani, Dehibaland qishlog’ida 1946-yil 9-martda tug’ilgan. 15 yoshida G’iduvondagi Ulig’bek nomli maktabni a’lo baholarda tamomlab, Buxoro davlat pedagogika institutida Tarix-filologiya fakultetiga o’qishga kirgan. 1966-yilda institutni imtiyozli tamomlab, mehnat faoliyatini maktab-internatda o’qituvchilikdan boshlagan. Bir yil o’tmay Baxshanda Boltayeva tumanning “Qishloq haqiqati” gazetasiga ishga taklif qilinadi. 1967-yildan boshlab ish taqozasi bilan tuman ijroya komiteti mas’ul kotibi, uzoq yillar tuman xotin-qizlar qo’mitasi raisi, tuman hokimi o’rinbosari, lavozimlarida ishlagan bo’lsa-da, faoliyati matbuot bilan uzviy bog’liq bo’ldi. Baxshanda Boltayeva 2001-yilda O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. 2002-yilda “Atirgul” mukofotini olgan. U 1002-yilda xotin-qizlar uchun “Dardkash” gazetasini tashkil etgan va unda 11 yil muharrirlik qilgan. Keyinchalik “Atorud” gazetasida muharrir bo’lgan.
Uning « Sizga aytar so’zim » , « Gul yog’i » , « G’ijduvon oboddir , G’ijduvoniy hayot » ( Zulfiya Mo’minova bilan hamkorlikda ) kitoblari bosilib chiqqan.
Falsafa fanlari doktori, professor Tilab Maxmudov  ijodkorga shunday ta’rif beradi: “Ko‘plar yaxshi biladigan, ba’zilar tanimasa - da, ammo u barchani taniydigan, hamma ayollar g’amu tashvishida yostiqqa bosh qo‘yib, quyoshdan avval boshini ko‘taradigan bir ayol bor O’zbekistonda. Uning ismi jismiga monand, fe’li niyati ning ramzi, maqsadi orzularining alangasi Baxshanda Boltayeva! Uni kimdir jamoatchi ayol, kimdir rahbari nozik, kimdir jonfido ona, kimdir notiqi davron, suhbati gulandon sifatida taniydi. Baxshandaning asosiy iqtidorini bilganlar biladi, bilmaganlar esa bilib qo’ysin: u chinakam hassos adiba, yurak - bag‘rini so‘z gavharidan terilgan shoda chirmab olgan. U taqdir taqozo bilan turmushning kamalak go‘shalarida javlon urib mehnat qildi. Agar ayollar qismati uning yuragida og’riq nuqtaga aylanmaganida, agar u odamlarning og‘irini yengil qilish, xasta ko’ngillarga malham bo’lish niyati bilan yonmaganida, qanchadan - qancha, uzundan - uzun majlisu minbarlarda oltin vaqtlarini ko‘mib kelmaganida uning nomi bilan  - adabiyot deb atalmish ma’naviyat gulshanida bir tup guli bilan Baxshanda allaqachon bo‘y taratgan bo‘lardi”.
 



Baxshanda Boltayeva Adibimizga tegishli asarlarimiz