Avfiy

MUHAMMAD AVFIY BUXORIY
     Tarixdan ma’lumki, IX-XIII asr boshlarida Markaziy Osiyoda somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar va xorazmshohlar davlati hukmronlik qilgan. Bu davlatlar siyosiy maydonda o‘z mavqei jihatidan katta e’tibor va nufuzga ega edi. Mazkur davlatlarda siyosiy barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish, madaniy hayot ravnaq topganligini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, Buxoro, Samarqand, Urganch va Marv kabi shaharlar ilm-fan hamda madaniyat markazlari sifatida shakllangan. Shuningdek, bir qancha ijodkorlar, qomusiy olimlar yetishib chiqqan. Shulardan biri Muhammad Avfiy Buxoroda taxminan 1172-1177 yillarda tug‘ilgan. Uning oilasi ham ilm ahllaridan bo‘lishgan. Manbalarga ko‘ra, umrining oxirgi yillarini Hindiston (Dehli)da o‘tkazgan. Ilk tahsilni ona shahri Buxorodagi Dari Forixok madrasasida o‘z davrining oqil va dono kishilari, olimlari, jumladan, xattot Qutbiddin Saraxsiy, qonunshunos Ali Burhon, Rukniddin Mas’ud Imomzoda Buxoriylardan saboq olgan. Ijodkorning “Javome’ ul-hikoyot va lavome’ ul-rivoyot” («Hikoyatlar to‘plami (sandig‘i) va rivoyatlar ziyosi») asarida turli fanlarga oid ilmiy lavhalar, bahslar va xulosalar hikoya hamda rivoyat tarzida sodda bayon qilingan. Mazkur asar ancha keng tarqalgan bo‘lib, ayrim hikoyalari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. “Javome’ ul-hikoyot va lavome’ ul-rivoyot” asari nafaqat Sharq, balki G‘arb olimlarining ham diqqat markazida bo‘lgan. Shu bois bir qancha sharqshunos olimlar tomonidan ham o‘rganilgan.  



Avfiy Adibimizga tegishli asarlarimiz