ABDURAHMONI MUShFIQIY
( tax. 1525–1588)
Mavlono Abdurahmoni Mushfiqiy xalq orasida Mullo Mushfiqiy nomi bilan mashhur bo‘lgan. Abdurahmon Mushfiqiy taxminan 1525-yil Buxoro shahrida tavallud topgan. Bolalikda ota-onasidan yetim qolgan. Mushfiqiy hunarmandga dastyorlik qilib, shu hunarmand ko‘magida boshlang‘ich ta’lim olgan. So‘ng madrasalarda ilm olib, hajvnavis shoir sifatida e’tibor topadi. U buyuk shoir, hozirjavob hajvnavis, iste’dodli munajjim, shakarguftor latifaguy ijodkor sifatida tanilgan. Asarlari fors - tojik tilida yozilgan.
1557-yilda ilk «Devoni mutoyibot» deb nomlangan she’rlar to‘plamiga tartib beradi. 1571-yilda «Gulzori Iram» dostonini yozdi. Mushfiqiy 1564- yilda Samarqandga boradi va salkam o‘n uch yil shu yerda istiqomat qiladi va g‘azallar devonini yaratadi. 1578-yilda Buxoroga qaytib Abdullaxon saroyida xizmat qiladi. 1588 yili Buxoroda vafot etadi.
H.Nisoriyning «Muzakkiri axbob», Mir Sevinchning «Tuxfat us said», Mutribning «Tazkiratush shuaro» , Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» va boshka asarlarda Mushfiqiy shaxsi, ijodi haqida yozilgan .
ASARLARI:
«Devoni mutoyibot»
«Devoni g‘azaliyot»
«Devoni qasoid» devonlari
«Gulzori Irama dostoni
«Soqiynoma»,
«Jahonnoma» kabi asarlari bizgacha yetib kelgan.
G‘AZALLAR
Men kim erdim, mohginam, to mehribon ko‘rsam seni,
Tole kulsa, yonima hamrozi jon ko‘rsam seni.
Beadab mardum ko‘zini yo‘llaringda ko‘rmayin,
Istagayman o‘z ko‘zim birla nihon ko‘rsam seni.
Ahd, vafoda itlaring oldida jon bersam necha,
Boz o‘zimni aylaganday imtihon ko‘rsam seni.
Garchi bir ko‘rgach yuzing rasvoi olam bo‘ldim-o,
Boshqa olam bo‘lsa-yu, men har zamon ko‘rsam seni.
Umr paymonasi to‘lmog‘idan avval, qonib
Bazming xumoridan qalbim jahon, ko‘rsam seni.
Mushfiqiy taqdirini talh aylagay zahri firoq,
Dushmanim taqdirida zor, notavon ko‘rsam seni.
***
Shum raqiblar berahmdir, o‘zga hamroh aylama,
Istasang bu so‘zga bovar aylagin yo aylama.
Ko‘rguzib ruxsorlaring olamni barbod qilmag‘il,
Gul jamoling madhiga har kimni maddoh aylama.
Neki bor senda, gulim, ul baland idrok tufayli,
Ultirib nokas bilan idrokni gumroh aylama.
Turmagil xublar safidan sen gado ta’zimiga,
Husnu nomus shohisan, izzatni yag‘mo aylama.
Bazming ichra tunlari dil nolasi mutrib, shu bas,
Tonggi qushlar nolasiga zarra parvo aylama.
Mushfiqiy, ishq mazmuni o‘zligingdan voz kechitsi,
O‘zligingdan kechmasang, sevmoqqa da’vo aylama.
***
Har kecha ohim bilan koshonaga otash sochay,
Sham yoqib, ishq o‘tidan parvonaga otash sochay.
Toki qasdimga raqiblar tuzmasin ishrat deya,
Hajrida o‘lmoqdin oldin xonaga otash sochay.
Bu latofat birla sen dil ohidin andisha qil,
Ut olar xirmon, agar bir donaga otash sochay.
Barcha bu otash jonimga tushdi-ku dil dastidan,
Qo‘lga tushsa gar dili devonaga otash sochay,
Har bir otash o‘rni hasrat dog‘i bu vayronada,
Qolmasin o‘rni debon vayronaga otash sochay.
Mushfiqiy, mazmun fanodir umrning daftarida,
Oqibat yolg‘onchi bu afsonaga otash sochay,
***
Nun va alif ko‘nglimga asli baloi jondir,
Bordir tafovut, ammo, bu o‘qu u kamondur.
Ko‘zim savod, saboqni sening xatingdan olmish,
Har qatrai sirishkim savodli qatra qondur.
Umid qo‘lini yuvdim, xoki poyingni ko‘rmay,
Obi hayot kabi u ko‘zlarimdan nihondur.
Ko‘cha-ko‘yda izg‘igan iting topgan ustuxon,
Hasrat dudiga to‘lgan vujudimdan nishondur.
Yuz nomli dil g‘amini sharh etdim nomalarda,
Bu nomalar bayonin anglagan nuktadondur.
Gul shoxi ketdi qo‘ldan, dil otashidan endi,
Sharar sochgan ohlarim chun dastai xazondur.
Jodu ko‘zing nihoniy bir boqsa Mushfiqiyga,
Orzuni quchgan oshiq quvonchi bir jahondir.
***
Bo‘ldi do‘st dushmanga ul mohi dilafro‘zim manim,
Ko‘rmasin, do‘stlar, birov tunday qaro ko‘zim manim.
Hasratu g‘am kuyidir bu dildagi nolayu zor.
Ham erur hasrat samumi ohi jonso‘zim manim.
Tongi yo‘q shamlarda mushkul giryadan taskin menga,
Yer yuzin badqahr ko‘rib, qon to‘kar ko‘zim manim.
Kelmayin ertam, bugun solding qiyomat boshima,
Endi zavq o‘rnida hijron bo‘ldi rizq-ro‘zim manim.
Bir yurak yuz pora ag‘yor qo‘lida, har porasi,
Yey o‘qi yanglig‘ otilgan ohi dilso‘zim manim.
Sen xazon bog‘lab turibsan tobutimga, bormi naf,
Gullamay, rashkingda o‘lgach fasli Navro‘zim manim.
Yori bedod toshidan ko‘m-ko‘k ko‘kardi zard yuzim,
Kimda bor, ey Mushfiqiy, bu baxti feruzim manim.
***
Ishq o‘tin tutsam nihon, hajri paydo aylagay,
Kim yashirgay dardni, marg oshkora aylagay.
Ul parishon zulflari boshdan-oyoq chulg‘ar ekan,
Oshiqi bedil uchun yuz fitna barpo aylagay.
Ishq ila mushkni haramda bo‘lmagay pinhon tutib,
Ayladi afsona ishqning, zulfing-chi, rasvo aylagay,
Rohatu shodlik dilimdan joy topolmay etdi tark,
Har tomondan necha g‘am jonimni ma’vo aylagay.
Andalib tirnog‘i gar poyiga sanchsa tikan,
Zaxmi oshiqlik uni gul birla oshno aylagay.
Gar firoq yoqsa dilim, tig‘ingni orzu aylagum,
Tashnalar suvga cho‘kib o‘lmoq ta lanno aylagay,
Oy yuzingni tunlari o‘ylar ekan zor Mushfiqiy,
To sahar eslab yuzing, oyni tamosho aylagay,
***
Dil hamdami ul nargisi mastona bo‘ldi oxir,
Hushyor ko‘rinib avval, devona bo‘ldi oxir.
Majlisda shamol dastidan xam bo‘ldiyu sham,
Xanjarga do‘nib, qotili parvona bo‘ldi oxir.
Ul sho‘xning vafosi yo‘lida o‘tdiyu umrim,
Uz oshiqidan nechun begona bo‘ldi oxir?
Ishqingda dilim dardini pinhona tutuvdim,
Naylayki, xaloyiq ichra afsona bo‘ldi oxir.
Hurkibdi meni devonadan ul turfa ohu,
Ko‘zdan yo‘qolib, boshpanam vayrona bo‘ldi oxir.
Ka’badan nishon bor erdi dilida Mushfiqiyning,
Zebo suvrating ko‘rib, dil butxona bo‘ldi oxir.
***
Har kecha sham’ singari o‘zni jonso‘z aylagum,
Ulmagim yaxshi u tundaki, kunduz aylagum.
Ertaga yetgaymi, deb, Alloh, mening faryodima,
Ushbu kun sen bo‘lmasang ham nola tinsiz aylagum.
Ey, habibim, fe’lu ho‘ying bad emasdi bunchalar,
Bariga badbin raqib aybini bois aylagum.
Bu qaro baxt qissasidan o‘rtanib, men benavo,
Anjumanda tunlari oyni fonus aylagum.
Mushfiqiy, yor xanjaridan-ku dilimning choklari
Iltimos aylab uning o‘qini dildo‘z[1] aylagum.
MEROS TAQSIMOTI
(Hajviyotdan)
Otam o‘ldi, singlim-yey, xarji motam seniki,
Sabr qilmoq mandanu nolayu sitam seniki.
Otaning ombori liq to‘la doni meniki,
Sahro yobonda sochiq bor somoni seniki...
Tilla naqshinkor tabarruk bu tanbur meniki,
Toridan oqqan huzurbaxsh tangir-tungur seniki.
Otamiz yotgan to‘shak-ko‘rpa, choyshab meniki,
Bu titilgan tasbehin ol, mayli bog‘lab, seniki.
Fo‘tasi birla to‘ni, shohi dastor meniki,
Tunlari yig‘latgan ul g‘ussayu ozor seniki.
Otamizning kapgiri, qozon, tovog‘i meniki,
Yengchayu otashkurak, bo‘sh o‘chog‘i seniki.
Tanga - tilloga to‘la ushbu hamyon meniki,
Tangadan chiqqan sado, ol, singiljon, seniki.
Otadan yodgor bu qolinu gilamlar meniki,
Hov, manov bo‘yrada qolgan naqshu ranglar seniki.
Hovlidan to tomgacha ne muhayyo meniki,
Mayli ol, tom boshidan to Surayyo seniki.
Samandar Vohidov tarjimasi
Forsiy g’azallarodan namunalar
Ман кӣ бошам, моҳи ман, то меҳрубон бинам туро?
Толеъе бояд, ки бо худ ончунон бинам туро.
Чашми мардумро чӣ сон густох бинам дар раҳат,
Ман, ки мехоҳам зи чашми худ ниҳон бинам туро?
Дар вафо сад бор агар пеши сагонат ҷон диҳам,
Боз бо худ дар мақоми имтиҳон бинам туро.
Гарчи аз як диданат расвои олам гаштаам,
Оламе бояд, ки оям, ҳар замон бинам туро.
Пеш аз он дам пур шавад паймонаи умрам, ки ман
Аз хумори базми хубӣ саргарон бинам туро.
Гашт коми Мушфиқӣ талх аз ту, эй заҳри фироқ,
Дар ҷаҳон, ё раб, ба коми душманон бинам туро!
***
Ҳар шабе аз оҳи худ кошонаро оташ занам,
Шамъро сӯзам, дили парвонаро оташ занам.
То ба рағми ман насозад хонаи ишрат рақиб,
Пеш аз мурдан ба кӯят хонаро оташ занам.
Бо ҳама раъноӣ аз оҳи дилам андеша кун,
Хирмане сӯзад, агар як донаро оташ занам.
Ин ҳама оташ ба ҷони ман зи дасти дил фитод,
Гар ба даст афтад, дили девонаро оташ занам!
Ҷойи ҳар оташ дар ин вайрона доғи ҳасрат аст,
Ҷойи он дорад, ки ин вайронаро оташ занам.
Мушфиқӣ, дар дафтари айём мазмуни фаност,
Оқибат авроқи ин афсонаро оташ занам.